“Qalbimizda barhayot shoir” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

⚖️ Texnikumda samimiy sheʼrlari ohangrabo qoʻshiqlarga aylanib, har bir oʻzbek xonadoniga kirib borgan «Xalq shoiri», «Doʻstlik ordeni» sohibi, lirik shoir Muhammad Yusufning tavalludiga bagʻishlangan “Qalbimizda barhayot shoir” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni texnikum direktori A.Ergashev ochib, Muhammad Yusuf samimiyligi, ommaning ruhiga yaqin boʻlganligi uchun ham kitobxonning koʻngil mulkiga aylanganligi, uning asarlarida oʻzi tugʻilib oʻsgan yurt ruhiyati, manzaralari yaqqol koʻrinib turishligini taʼkidlab oʻtdi.

Shundan soʻng “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi O.Usmonova boshchiligida «Sud-huquqiy faoliyat» yoʻnalishi 24-22 guruh oʻquvchilari hamda “Adliya qanotlari” klubi volontiyorlari tomonidan tayyorlangan, shoirning hayoti va ijodi hamda yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, va muhabbatning nafis navolari ifodasini topgan sheʼrlari, shoirning qalamiga mansub qoʻshiqlar hamda raqslar oʻquvchilarga xavola etildi.

🔹 Muhammad Yusuf ijodiga bagʼishlangan videorolik namoyish etildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: