“Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🏛 Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 10-bandida “Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikoh, erta tug‘ruq holatini tahlil qilish” belgilangan.

🔹Ushbu reja ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 2-may kuni texnikumga Farg‘ona viloyati bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi X.Komilova va Farg‘ona viloyati sog‘lomlashtirish markazining reproduktiv salomatlik va yordamchi texnologiyalar bo‘limi akusher ginekologi M.Ahmedova, M.Xaydarovalar tashrif buyurib, o‘quvchi-yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdilar.

🔹Tadbir davomida soha mutaxasislari yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikoh va uning salbiy oqibatlari, erta tug‘ruq holati, reproduktiv salomatlik, reproduktiv huquq hamda gender tenglik to‘g‘risida fikr-mulohazalarini aytib o‘tdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: