🏛 Joriy yilning 3-may kuni texnikum oʻquvchilarini tanishtiruv va malakaviy amaliyotga chiqarish tartibi boʻyicha seminar-mashgʻulot oʻtkazildi.
🔹 Seminarda barcha guruh va amaliyot rahbarlari ishtirok etdilar. Seminar-mashgʻulotda texnikum direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari M.Toshmatova barchaga Oʻzbekiston Respubliksi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 8-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respubliksi adliya vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom haqida maʼlumot berib oʻtdi.
🔹 Shuningdek, amaliyotning mazmun-mohiyati, amaliyotga qoʻyilgan talablar shartlari va hisobot topshirishning umumiy qoidalari haqida tushunchlar berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube