“Nomingiz dillarda mangu yashaydi” shiori ostida tadbir o’tkazildi.

Joriy yilning 3-may kuni Farg‘ona viloyat yuridik texnikumning 1-bosqich 32-guruh o‘quvchilari tomonidan texnikumida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” shiori ostida «9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati ikkinchi jahon urushi g‘alabasiga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda texnikum o‘qituvchilari, o‘quvchilari hamda faxriy mehmonlar Farg‘ona shahar Baynalmilal kengashi raisi, zahiradagi polkovnik B.Mirzaliyev, 1979-1989-yil Afg‘on urushi qatnashchilari I.Ismoilov, A.Tillaxodjayevlar ishtirok etishdi.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabani aks ettirgan videoroliklar, tinchlik davrini madh etuvchi sheʼrlar, sahna ko‘rinishlari taqdim etildi. Baynalmilal urush qatnashchilari jang maydonlarida o‘z boshlaridan kechirgan kunlar xotiralaridan so‘zlab berishdi.

Tadbir ishtirokchilarda boy taassurotlar qoldirdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: