O’quvchilar “Vatanparvarlar bog‘i”dagi“ Motamsaro ona haykali xotira maydoniga tashrif buyurdilar.

Texnikumning o‘quvchi-yoshlari yoshlar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi S.Isroilova boshchiligida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Vatanparvarlar bog‘i”dagi“ Motamsaro ona haykali xotira maydoniga tashrif buyurdilar.

Motamsaro ona haykali – ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan O’zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag’ishlab bunyod etilgan bo’lib, «Vatanparvarlar bog‘i»ga o’rnatilgan haykaldir. Unda farzandlari urushdan qaytmagan motamsaro ona qiyofasi aks ettirilgan. Onaning yuzlarini ajin bosgan, qaddi bukilgan, g’amga to’la nigohlari yerga qadalgan.

Tashrif davomida texnikum o‘quvchilari ushbu maydonda o’rnatilgan ikkinchi jahon urushida ishtirok etganlar qaydnomalari bilan tanishdilar va motamsaro ona haykali hurmat bajo keltirdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: