⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni mohiyatini yoritish yuzasidan Farg‘ona viloyati yiridik texnikumi pedagog-xodimlari tomonidan maqolalar tayyorlanmoqda.
🔸 Jumladan texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Usmonova Odinaxon Habibjonovnaning “Fuqarolarning huquqiy himoyasi – davr talabi” mavzusidagi maqolasi e’lon qilinmoqda.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning aholi huquqiy himoyasini oshirishdagi ahamiyati beqiyos. Bu, birinchi navbatda, insonlarning adolat, tenglik, va farovon turmushga ega bo‘lishi uchun zarurdir. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, aholining huquqiy himoyasini ta’minlash, huquqiy bilimlarni o‘rgatish, va insonlarning qonuniy va adolatli jamiyatda yashash huquqini ta’minlash bilan bog‘liq.
Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltish, insonlarning qonuniy huquqlaridan foydalanishlarini ta’minlaydi va ularni muhofaza qiladi. Bu, jamiyatda barqarorlik va adolatni kuchaytiradi. Aholi huquqiy himoyasini oshirish, odamlarning ma’naviy va jismoniy xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi. Bu esa, o‘zgaruvchan dunyodagi o‘zgaruvchan muhitda, insonlarning hayot sifatini oshiradi va tinchlik hamda hotirjamlik hissiyotini kuchaytiradi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltish, demokratik jamiyatni rivojlantirish va insoniy g‘oyalarini himoya qilishda muhim vazifalardan biridir.
Aynan shu vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2024- yil 24- mayda qabul qilingan Prezident farmoni Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining faoliyatini yanada rivojlantirish, maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish va ixcham boshqaruv tizimini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu farmonda bir qator muhim yoʻnalishlar va tadbirlar koʻzda tutilgan.
Farmondagi muhim yoʻnalishlar adliya tizimining yanada rivojlantirilishi va huquqiy muammolarga qaratilgan samarador javobgarlikni taʼminlashni nazarda tutadi. Bu tadbirlar davlat va jamiyat taraqqiyotiga muhim ta’sir ko‘rsatadi, chunki huquqiy muammolar va adliya sohasidagi yangiliklar davlatning barqarorligi va fuqarolarning adolatli xizmatlardan foydalanishi uchun muhimdir.
Farmonda Adliya vazirligining qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishlari belgilangan bo‘lib, bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Jumladan, aholining huquqiy muammolarini bartaraf etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu aholining huquqiy bilimlarini oshirish va ularning muammolarini bartaraf etish uchun muhimdir. Bu tadbirlar adliya tizimining samaradorligini oshirishga yordam beradi. Tizimli muammolarni bartaraf etishning qonunchilik hujjatlari loyihalari muammolarni aniqlash va yechim topishda qonunchilik tizimini takomillashtirishni nazarda tutadi.
Bepul yuridik yordam koʻrsatish tizimini joriy etish orqali fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish va ularning huquqlarini himoya qilishga yordam berish yanada takomillashtiriladi. Yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam koʻrsatish orqali davlat organlariga va mahalliy hayotda yagona huquqni qoʻllash amaliyotini koʻrsatish joriy etiladi. Bu aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Farmonda adliya boʻlimlariga yangi vazifalar yuklatilgan bo‘lib, bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. “Adliya kuni” tadbirlarini oʻtkazish. Bunday tadbirlarni tashkil etish aholining huquqiy bilimlarini oshirish va muammolarni hal etishga yordam beradi. Aholi va adliya organlari o‘rtasidagi ayrim to‘siqlarni bartaraf etilishini ta’minlaydi va bu orqali jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan ba’zi qonun buzilishlar barham topadi.
2. Uyma-uy yurish va “Huquqiy koʻmak” aksiyalari. Uyma-uy yurish va «Huquqiy ko‘mak» aksiyalari orqali fuqarolarning huquqiy muammolari bartaraf etilishiliga yordam beriladi. Aholining huquqiy ongi yetarli bo‘lmagan qatlamining muammolari o‘rnida o‘rganiladi va bartaraf etilishi ta’minlanadi. Shu bilan bir qatorda bunday aholi qatlamiga kerakli huquqiy maslahatlar berish orqali ularning huquqiy ongini o‘stirishga erishiladi.
Ushbu farmondagi tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya tizimini yanada rivojlantirish va huquqiy muammolarni bartaraf etishda samarali ishlarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Bu esa davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun muhimdir, chunki huquqiy muammolar va adliya sohasidagi yangiliklar davlatning barqarorligi va fuqarolarning adolatli xizmatlardan foydalanganligi uchun muhimdir.
Farmonda yoshlar orasida huquqiy immunitetni shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu orqali yoshlar orasida huquqiy ongni oshirish, qonunlarga hurmatni kuchaytirish va vatanparvarlik hissini uygʻotish maqsad qilingan. Bu yondashuv yosh avlodning mamlakat kelajagiga daxldorlik hissini kuchaytiradi. Yuridik taʼlim muassasalari talabalari tomonidan yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlari huquqiy bilimlarni oshirish va tengdoshlariga yordam berish imkonini yaratadi. Shuningdek, farmonda onlayn huquqiy savodxonlik maktabi tashkil etish nazarda tutilgan. Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan ushbu onlayn maktab yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarni qoʻllashga o‘rgatadi, huquqiy sohada AKTni qo‘llash malakasini shakllantirishga yordam beradi.
Adliya vazirligining huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik taʼminlash dasturi va yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid muhim yoʻnalishlar belgilanmoqda. Ushbu yo‘nalishlarning huquqiy muammolarni bartaraf etish va adliya tizimini rivojlantirishdagi roli katta.
Huquqni qoʻllashdagi muammolarni bartaraf etish uchun har yili oʻrganish va metodik taʼminlash boʻyicha manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar dasturi ishlab chiqiladi. Bu, huquqni qoʻllashdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda yordam beradi, shuningdek, adliya tizimi faoliyati samaradorligini oshirish uchun juda muhimdir. Mazkur masalaga oid uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish va Lex.uz sayti faoliyatini takomillashtrirish muhim ahamiyatga ega. Farmonga muvofiq uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqilib, Lex.uz saytiga joylashtiriladi, bu esa davlat organlari xodimlariga metodik yordam koʻrsatishda samarali vosita hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda davlat organlarining funksiyalari maqbullashtirilib, ularga ichki hujjatlarning namunalarini tayyorlab berish va xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻriladi. Bu adliya tizimini samaraliroq qilish uchun muhimdir.
Farmonda yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalasiga alohida urg‘u berilgan. Buning uchun malaka oshirish markazlarini birlashtirish belgilanmoqda. Vazirlik va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning malaka oshirish markazlari birlashtirilib, faoliyat doirasi kengaytiriladi, bu esa yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni taʼminlashda samaraliroq boʻladi. TDYU va Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyati takomillashtiriladi. Bu muassasalar adliya faoliyati sohalarini ilmiy-metodik va konsultativ jihatdan taʼminlash bilan shugʻullanadi. Bu yuridik kadrlarnngi o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis boʻlishi uchun muhimdir.
Mazkur farmonning yana bir ahamiyatga molik jihati shundaki, huquqni qoʻllash sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish va huquqiy muammolarni joyiga chiqqan holda ilmiy tadqiq qilish tizimi joriy etiladi. Bu adliya tizimining yangiliklarini oʻrganishda va rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Shu bilan bir qatorda soha rivojini ta’minlash hamda raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida yuridik litseylar tashkil etish nazarda tutilmoqda. Binobarin, Namangan va Samarqand viloyatlarida yuridik litseylar tashkil etilishi yuridik kadrlarni tayyorlashda qoʻllanilgan resurslarni kengaytiradi. Natijada “Maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi. “Huquq sinfi” va huquq fanining chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishi, yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtiradi va ularga taʼlim berishda samarali faoliyatni taʼminlaydi.
Ushbu yoʻnalishlar va tadbirlar adliya tizimini rivojlantirish va huquqni qoʻllash amaliyotini samaraliroq qilishda katta ahamiyatga ega. Bu huquqiy tizimning barqarorligini taʼminlash, adolat va huquqni himoya qilishga yoʻl ochadi.
Mazkur farmon ijrosini ta’minlah yuzasidan quyidagicha takliflar berish mumkin:
1. Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish. Farmon ijrosini ta’minlashda yuridik kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish va ularga kengaytirilgan imkoniyatlar berish masalasiga e’tibor qaratish lozim. Bu adliya tizimi mutaxassislarini oʻqitish va soha taraqqiyotini taʼminlashga yordam beradi.
2. Qonun hujjatlari va ularni qabul qilish jarayonini muvofiqlashtirish. Farmon ijrosi yuzasidan qonun hujjatlari va ularning qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish va tezroq amalga oshirishni taqozo etish taklif qilinishi mumkin. Bu huquqni qoʻllashdagi muammolarni bartaraf etish va adliya tizimini rivojlantirishga yordam beradi.
3. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalasida mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifi kiritilishi mumkin. Bu aholining huquqiy savodxonligini oshirishda yordam beradi.
4. Yuridik texnikumlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlarini texnikum hamda umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va litseylar hamkorligida tashkillash yanada samarali natija beradi.
Bu takliflar farmon ijrosini ta’minlashda yanada samarali natijaga erishish va fuqarolar uchun qulayliklar yaratish maqsadida qoʻllanilishi mumkin
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ushbu farmon mamlakatda huquqiy madaniyatni oshirish, adliya tizimini rivojlantirish va yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bu orqali adliya organlarining samaradorligi oshirilib, aholining huquqiy himoyasi yanada mustahkamlanadi.
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi
“Mutaxasislik fanlari” kafedrasi o’qituvchisi,
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube