“Quvasoy vodiy gavhari bolalar oromgohi”da o‘quvchilаr uchun huquq vа burchlаrini tushuntirish hamda qаdriyatlаrni hurmаt qilish mаvzusida davra suhbati o’tkazildi.

Joriy yilning 23-iyul kuni “Adliya vazirligiga otaliqqa biriktirilgan maktablar o‘quvchilari bilan yozgi ta’til davomida ishlash bo‘yicha “Yo‘l xarita”siga muvofiq Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi, Farg’ona viloyat yuridik texnikumi va Quvasoy shahar adliya bo’limi tomonidan “Quvasoy vodiy gavhari bolalar oromgohi”da o‘quvchilаr uchun huquq vа burchlаrini tushuntirish hamda qаdriyatlаrni hurmаt qilish mаvzusida davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatidan so’ng o’quvchilarning vaqtini maroqli o’tkazish uchun “Street law” loyihasi ishtirokchilari tomonidan huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan viktorina va huquqiy zakovat tadbiri o’tkazilib, faol ishtirok etgan o’quvchilarga maxsus sovg’alar topshirildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: