Joriy yilning 24-iyul kuni “Adliya vazirligiga otaliqqa biriktirilgan maktablar o‘quvchilari bilan yozgi ta’til davomida ishlash bo‘yicha “Yo‘l xarita”siga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti, Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi va Farg’ona viloyat yuridik texnikumi tomonidan “Oltiariq bolalar oromgohi” va “Quvasoy bolalar oromgohi”da o‘quvchilаr uchun huquq vа burchlаrini tushuntirish hamda qаdriyatlаrni hurmаt qilish mаvzusida davra suhbatlari o’tkazildi.
Davra suhbatidan so’ng “Street law” loyihasi ishtirokchilari tomonidan huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan viktorina va huquqiy zakovat tadbirlari, shaxmat va shashka sport o’yinlari o’tkazilib, faol ishtirok etgan o’quvchilarga maxsus sovg’alar topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube