“Proporsional saylov tizimi nima?” mavzusida maqolasi chop etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlarining viloyat va tuman (shahar) kengashlari deputatligiga saylovlarni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar yuzasidan texnikum ARM rahbari O.Xojiraxmatova “Proporsional saylov tizimi nima?” mavzusida maqolasi chop etildi.

Saylovlar demokratik huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo‘lib, mamlakatning kelgusida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalardagi taraqqiyotining ko‘rsatib beradigan siyosiy jarayondir.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan yangi demokratik hamda erkin mamlakatni yaratishga qaratilgan keng qamrovli va izchil islohotlar doirasida xalq hokimiyatchiligi konstitutsiyaviy tamoyilini hayotga tatbiq etish, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi faol ishtirokini taʼminlash, saylov qonunchiligini takomillashtirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Aynan demokratik va adolatli saylovlar – bu demokratiyaning juda muhim va zarur shartlaridan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritish hamda takomillashtirish borasida dastlabki qadamlar Yurtboshimiz tomonidan ilgari surildi. Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 6-mart kuni deputatlar bilan uchrashuvda siyosiy partiyalarning rolini oshirish maqsadida aralash saylov tizimiga o‘tishni taklif qildi. Mazkur masalalar O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 8-may kuni imzolangan “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida o‘z ifodasini topgan edi.

Shu o‘rinda proporsional saylov tizimi mohiyatini nimadan iborat ekanligi xususida qisqacha to‘xtalib o‘tishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Proportsional saylov tizimiko‘p mamlakatlarda qo‘llaniladigan saylov tizizmining bir turi bo‘lib, davlat hokimiyati vakillik organlari hududiy yagona saylov okrugi deb e‘lon qilinadi. Siyosiy partiyalar va harakatlar, ularning ittifoqlari o‘z nomzodlari ro‘yxatini ilgari surishadi. Saylovchi siyosiy partiya, harakatlar ularning rahbarlari va a‘zolariga bo‘lingan munosabatlardan kelib chiqqan holda, shunday ro‘yxatlarning biriga ovoz beradi. Bunday holatda g‘alaba qozonish saylov uyushmalaring taqdim etgan ro‘yxati uchun berilgan ovoz soniga qarab proportsional bo‘ladi, ammo ovozlarni hisoblash 5 foiz ko‘p ovoz yiqqan ro‘yxat bo‘yicha olib boriladi. (Masalan Rossiyada 5 foiz, Shvetsiyada 4 foiz, Argentinada 3 foiz, Daniyada 2 foiz, Isroilda 1 foizni tashkil qiladi ). Saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozining umumiy soni proportsional saylov tizimi bo‘yicha deputatlar mandatining umumiy soniga bo‘linadi va buning natijasida xususiy saylov degan ma‘no hosil bo‘ladi. So‘ng, har bir nomzod uchun berilgan ovozlar soni xususiy saylovga bo‘linadi. Shunday qilib, partiyalar, harakatlar vakillik organida qancha o‘rin olganliklarini bilib oladilar. Ro‘yxat ichidagi o‘rinlarni (mandatni) nomzodlar birinchisidan boshlab navbatga ko‘ra oladilar. Agarda ro‘yxat markaziyqism va mintaqaviy guruhlarga taqsimlangan bo‘lsa, unda birinchi bo‘lib parlamentga markaziy qism nomzodlari o‘tishadi.

Mintaqaviy guruhlardan nomzodlar tegishli mintaqada mazkur ro‘yxat uchun saylovchilar bergan ovorlarga proportsional bo‘lgan holatda o‘rinlarni(mandatni) olishadi.

Proportsional saylov tizimining ijobiy tomonishundaki, saylovchilarning ovozlari yo‘qolmaydi, proportsional holatda partiya va harakatlar (faqat 5 foizli yoki boshqa o‘rnatilgan chegaralardan o‘ta olmaganlar tashqari) vakillik organida mandatga ega bo‘ladilar. Bir qator mamlakatlar umumiy nomzodlar ro‘yxatiga ovoz berish tizimidan voz kechib, erkin nomzodlar ro‘yxatini saylashga o‘tganlar. Ushbu tizimda saylovchi partiyalar, harakatlar ro‘yxatidan o‘zlari xohlagan nomzodni saylash huquqiga va hattoki ro‘yxatni to‘ldirish huquqiga ega bo‘ladilar.

Mamlakatimizda saylov qonunchiligida amalga oshirilgan islohotlar doirasida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasida saylov tizimiga aralash (majoritar, proporsional) saylov tizimini joriy etish va shu orqali Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini yangi tizim asosida o‘tkazish, bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining (mutlaq ko‘pchilik) emas, balki boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq (nisbiy ko‘pchilik) ovozini olgan nomzod deputat etib saylangan deb hisoblanishini nazarda tutuvchi muhim va dolzarb yangiliklar taklif etildi. Keyinchalik mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni deb rasmiy qabul qilindi hamda Saylov kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.

Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq, Qonunchilik palatasi 150 ta deputatlarining 50 foizi, yaʼni 75 nafari avvalgidek mojaritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan saylanishi, qolgan 50 foizi, yaʼni 75 nafari proporsional saylov tizimi qoidalariga ko‘ra yagona saylov okrugida partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar ro‘yxati, boshqacha aytganda partiya ro‘yxati bo‘yicha saylanishi belgilandi.

Biz uchun mojaritar saylov tizimi tushunarli va bu borada yetarli tajribaga egamiz. Bizni ko‘proq proporsional saylov tizimi va uning mohiyati ko‘proq qiziqtiradi.

Shunday qilib, proporsional saylov tizimining joriy etilishi, siyosiy partiyalarning saylovchilar oldidagi masʼuliyatini yana-da oshishiga olib keladi. Yaʼni, avvalo, har bir siyosiy partiya mamlakat butun hududi bo‘ylab tuziladigan Qonunchilik palatasining yetmish beshta bir mandatli okruglari bo‘yicha mojaritar saylov tizimi bo‘yicha o‘tkaziladigan saylovlarda imkon qadar ko‘proq deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritish uchun raqobatga kirishadi. Tabiiyki, saylovchilar bevosita nomzodga ovoz beradilar. Ikkinchidan, tizim bo‘yicha o‘tkaziladigan saylovda o‘z-o‘zidan Qonunchilik palatasining qolgan yetmish beshta deputatlik o‘rni uchun ham kurash olib boradilar. Bu jarayonda saylovchilar bevosita nomzodga emas, balki deputatlikka nomzodlarning ro‘yxatini taqdim etgan siyosiy partiyaga ovoz beradi. Yuqorida qayd etilganidek, o‘z navbatida ushbu saylovda ishtirok etgan saylovchilarning yetti foizi va undan ko‘proq ovozni to‘plagan siyosiy partiyalar, o‘zlari to‘plagan ovozlar foiziga mutanosib ravishda deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritadi.

Mazkur saylov tizimi asosida o‘tkaziladigan saylovda siyosiy partiya Oliy Majliq Qonunchilik palatasida deputatlik o‘rnini qo‘lga kiritishi uchun yetti foizlik to‘siqning belgilanishi, xorijiy davlatlar amaliyotida samarali qo‘llanib kelinayotgan kelib chiqib, bunday tizimdagi saylovda imkon qadar ko‘proq deputatlik o‘rinlarini egallashga harakat qilayotgan siyosiy partiya aholi bilan munosabatlarini taʼsirchan va samarali bo‘lishiga harakat qilishi talab etiladi. Demak partiyalar o‘z dasturlari orqali xalqni ishonchini qozona olsagina maʼlum bir ovozga ega bo‘ladi. Ushbu saylov tizimi Qonunchilik palatasini shakllantirishning yangi zamonaviy tizimini yaratadi va jamiyatimizda siyosiy plyuralizm rivojlanishiga xizmat qiladi.

Xojiraxmatova Olmaxon Tursunovna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

Axborot-resurs markazi rahbari,

2-даражали юрист.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: