Enaxon Siddiqova hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.

Joriy yilning 23-sentabr kuni Farg’ona viloyati yuridik texnikumida Enaxon Siddiqova hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadbir ko’tarinki ruhda o’tkazildi.

Xususan, tadbirda Enaxon Siddiqovaning shogirdi, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi va shoira O’ktamxon Soliyeva ishtirok etib, o’quvchilarga Enaxon Siddiqovaning hayoti va ijodi haqida so’zlab berdi.

Shuningdek, tadbir davomida o’quvchilar tomonidan Enaxon Siddiqovaning hayoti va ijodiga bagʻishlangan sherlar aytildi, qo’shiqlar kuylandi va videoroliklar namoyish etildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: