Adliya vazirligining 2024-yil 16-sentabrdagi “Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar kalendar rejasi”ning 11-bandiga asosan joriy yilning 24-sentabr kuni “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Uchrashuvda texnikum direktori Ergashev Azizbek Adilovich tomonidan mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligini, yoshlar uchun koʻplab imkoniyatlar mavjudligini, mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalanish uchun bilim va ko’nikmalarni mukammal egallash lozimligini ta’kidlab o’tdi.
Shuningdek, uchrashuvda o’quvchi yoshlarni qiziqtirayotgan savollar, o’quv jarayonlarini yanada samarali tashkil etish borasidagi takliflari tinglandi va ushbu berilgan takliflar hamda savollar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube