Farg’ona viloyat hokimining 2024-yil 29-avgustdagi 316/01-49-son topshiriq xatiga asosan Farg’ona viloyati yuridik texnikumida joriy yilning 24-sentabr kuni “Yoshlar OIVga qarshi” shiori ostida o’quvchi yoshlar uchun tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati OITSga qarshi kurashish markazi vrach-psixologi S.Nabiyev ishtirok etib, aholi o‘rtasida OIV infeksiyasi tarqalishini kamaytirish, OIV infeksiyasining aholi, ayniqsa yoshlar orasida tarqalishining oldini olish, yoshlar o‘rtasida oilaga sodiqlik, tasodifiy jinsiy munosabatlarning salbiy oqibatlari, OIV va orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) epidemiyasiga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etish, aholining, jumladan, yoshlarning xabardorligini oshirish bo’yicha tushuntirishlar berib o’tdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube