“Protsessual hujjatlar” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

🏛 Joriy yilning 15-oktabr kuni texnikumning “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi D.Meliboyeva tomonidan “Davlat tilida ish yuritishi” modulidan “Yuridik xizmat” yo‘nalishi 42-24-guruhida “Protsessual hujjatlar” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

🔹 Ochiq dars davomida interfaol usullar (Klaster, “Yagona davra” strategiyasi, test sinovlari) zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.

🔹 Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishtirokida mavzuga oid ma’lumotlar yoritildi.

🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: