Adliya vazirligining 2024-yil 16-sentabrdagi “Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar kalendar rejasi”ning 11-bandiga asosan joriy yilning 15-oktabr kuni “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
🏛 Uchrashuvda Farg’ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘I o‘rinbosari Masharipov Kamolidin Zaynobidinovich tomonidan mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligini, yoshlar uchun koʻplab imkoniyatlar mavjudligini, mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalanish uchun bilim va ko’nikmalarni mukammal egallash lozimligini ta’kidlab o’tdi.
🔹 Shuningdek, uchrashuvda o’quvchi yoshlarni qiziqtirayotgan savollar, o’quv jarayonlarini samarali tashkil etish borasidagi takliflari tinglandi va berilgan takliflar hamda savollar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube