TDYUU professori bilan davra suhbati bo’lib o’tdi

Farg’ona viloyati yuridik texnikumida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga hamda xalqimizga murojaatnomasi mazmun-mohiyatini tushuntirish, unda belgilangan ustivor vazifalar ijrosi yuzasidan fikr almashish bo’yicha targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.
Davra suhbati tarzida bo’lib o’tgan tadbirda TDYUU professori, yuridik fanlari doktori E.Qodirov, FarDU dotsenti, falsafa fanlari nomzodi D.Normatova, FarDU katta o’qituvchisi, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori X.Yulbarsova va FarDU o’qituvchisi I.Ismoilovlar ishtirok etdilar.

Ulashing: