Farg’ona viloyati yuridik texnikumida Farg’ona shahar FVB DYON inspektorlari- leytenant X.Sobirov va kichik serjant K.Ibragimovlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 sentyabrdagi «Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to’g’risida»gi 754-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan profilaktik suxbat tashkil etildi. O’quvchilar bilan o’tkazilgan ushbu suxbatda texnikum hududida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yong’inlarni, gaz va xavo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanish, yosh bolalar bilan bog’liq ko’ngilsiz holatlarni oldini olish, yong’in havfsizligi qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tushunchalar berildi.