Texnikumda 5 ta muhum tashabbus ijrosi amalda

📗 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning «Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishni tashkillash» bo’yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash va o’quvchilarning tasavvur va tafakkurini boyitish, umume’tirof etilgan ma’naviy-ma’rifiy tamoyillarga mos keladigan, hamda mamlakatimizda o’tkazilayotgan keng qamrovli islohotlar, o’quvchilarda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-ma’rifiy va itelektual fazilatlarini oshirish, mahoratli yangi hoyalar yaratib ijodiy ishlarni namoyish etish bo’yicha samarali faoliyat yuritishni tashkil etish maqsadida bugun texnikum direktorining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari O.Nasretdinova tomonidan guruh sardorlari bilan yig’ilish o’tkazildi.

📗 Yig’ilishda texnikumda tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish, sport-sog’lomlashtirish klublar ishlarini tashkil qilish va unda o’quvchilarning ishtirokini ta’minlash, maxsus tashkil etilgan ijtimoiy tarmoq sahifalarida klub a’zolarining faol ishtiroki va a’zolik sonlarini ko’paytirish hamda boshqa masalalar yuzasidan kelishib olindi.

Ulashing: