📚 Farg’ona viloyati yuridik texnikumi «Ijro ishi» yo’nalishi 15-19 guruhi o’quvchilariga Jinoyat-protsessual huquqi fanidan B.Movlonov «Jinoyat ishini qo’zg’atish» mavzusi bo’yicha ilg’or pedagogik hamda innovatsion texnalogiyalaridan unumli foydlangan holda dars mashg’ulotlarini o’tkazdi.
📚 O’quv mashguloti mavzu mazmuni va mohiyatii ochib berishda Jinoyat ishini qo’zg’atish bosqichi tushunchasi va ahamiyatini, jinoyat ishi qo’zg’atishga vakolatli mansabdor shaxslar, jinoyat ishi qo’zg’atish sabablari, asosi, qo’zg’atish tartibi va jinoyat ishi qo’zg’atishni rad etish xolatlari, jinoyat ishi qo’zgatishni qonuniyligi ustidan prokuror nazorati va shu kabi boshqa holatlarga atroflicha to’xtalib o’tildi.
📚 Dars mashg’ulotida o’quvchilar faol ishtirok etib, “Shartli masala” (kazus) yuzasidan «NIMA UCHUN» savoliga javoblar va baxs-munozaralar olib bordilar.