Texnikumiga O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tashrif buyurdi

Farg’ona viloyati yuridik texnikumiga O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletov tashrif buyurib, texnikumning o’quv-moddiy bazasi, o’quvchilarga yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari, o’quv va o’quv amaliyot xonalari, internet tarmog’i hamda undan foydalanish holati, issiqlik tizimi, shuningdek hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Adliya vaziri dars jarayonlarida bevosita ishtirok etib, o’quvchi-yoshlar bilan suhbat o’tkazdi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga vazirning o’zidan javoblar olishdi va kelajakdagi rejalari yuzasidan vazirga takliflar berishdi.

Ulashing: