Texnikum binosi, kirish darvozalarini qoplash, yo’l yoqasiga texnikumni ko’rsatuvchi stela o’rnatish hamda texnikum binosidagi barcha qavatlarga ko’rgazmali stendlar o’rnatish yuzasidan joriy ta’mirlash ishlari bo’yicha tanlov o’tkazilmokda. Taklif etilayotgan joriy ta’mirlash ishlari davlat xaridlari elektron portaliga №7085382 raqamli lot bilan quyilgan. Joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish istagini bildirgan qurilish tashkilotlariga quyiladigan talablar:
Tanlov qatnashchilariga talablar:
1. Qurilish tashkiloti kamida 5 yil stajiga ega bo’lishi shart
2. Tashkilotning nizomi va ro’yxatdan o’tkazilgani xaqida guvoxnoma nusxasi, tashkilotning tarkibiy strukturasi.
3. Muxandis texnik xodimlar va doimiy ishchi mutaxassislar to’g’risida ma’lumotnomalar.
4. Bank va soliqdan qarzdorlik to’grisidagi ma’lumotnoma (asli).
5. Qurilish tashkiloti xisob raqamida qurilish ishlari xajmining kamida 50 % miqdorida pul mablag’i borligi ma’lumotnoma bankdan (asli).
6.Tashkilotning oxirgi uch yilda bajargan ishlari xamda tanlov ob’ektiga uxshash ob’ektlarda bajargan ishlari shartnoma va fakturalari nusxalari
7. Uch yillik moliyaviy ko’rsatkichlari to’g’risida ma’lumotnomalar.
8. Tashkilotning mavjud mashina va mexanizmlar xaqida ma’lumotlar
9. Tashkilotning oxirgi 3 yillik balansi va moliyaviy natija xisobotlari.
10. Uch yillik faoliyati to’grisida tekshirilgan Audit xulosasi (Aslini tanlov kuni olib kelinishi so’raladi).
11. Ob’ekt uchun ishlab chiqilgan fizik xajimlar bo’yicha tayyorlangan ofyortasi (tijorat taklifi bilan). Ko’rsatilgan barcha xujjatlar bo’lishi shart.
12. Tanlov g’olibi Loyixa-smeta xujjatlarini tayyorlash xarajatlarini o’z zimmasiga oladi.
Loyixa-smeta umumiy summasi 32972825 (o’ttiz ikki million to’qqiz yuz etmish ikki ming sakkiz yuz yigirma besh)so’mni tashkil qiladi.