🏛 Farg’ona viloyati yuridik texnikumi kasaba uyushmasi qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti a’zolari hamda texnikum ish beruvchisi vakillari ishtirokida 2020-2022 yillarga mo’ljallangan jamoa shartnomasining 2020 yil davomida bajarilishi yuzasidan xisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi.
📌 Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Farg’ona shahar kengashi raisi B.Azimov ishtirok etdi.
📌 Texnikum kasaba uyushmasi qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi R.Xashimov va ish beruvchining vakili M.Toshmatovalarning xisobotlari tinglandi.
📌 Yig’ilishda xisobot yilida jamoa shartnomasi bo’yicha ish beruvchi va xodimlar o’rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlar tartibga solib kelinganligi, xodimlar mehnatini muhofaza qilish va ularning moddiy sharoitlarini yaxshilash yuzasidan olib borilgan ishlar haqida to’xtalib o’tildi.
📌 Kasaba uyushmasi Farg’ona shahar kengashi raisi B.Azimov tomonidan xodimlarni qo’llab-quvvatlashda kasaba uyushmasining roli haqida alohida to’xtalib o’tdi. Texnikum xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob berdi.
📌 Yig’ilish so’ngida texnikum jamoa shartnomasining 2020 yil davomida bajarilish holati ovozga qo’yildi va bir ovozdan «qoniqarli» deb topildi.