Farg’ona viloyati yuridik texnikumida o’zbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 106 yilligiga bag’ishlab «Baxt va sadoqat kuychisi» deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.

🌹🌷💐 Texnikumning 1-bosqich, 4-20 guruhi o’quvchilari tomonidan ijro etilgan go’zal raqslar va Zulfiyaxonim she’rlari barchaga bahor iliqligini ulashdi.
🌺🌸 Tadbirda 2011 yilda «Zulfiyaxonim» mukofotiga sazovor bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi Farg’ona viloyati bo’limi a’zosi, «Farg’ona haqiqati» gazetasi maxsus muxbiri Dilnavozxon Qo’ldosheva ishtirok etib, buyuk ijodkorning hayoti va ijod yo’li haqida fikr yuritdi hamda o’z ijodidan bo’lgan she’rni o’qib berdi.
🌺🌸 Shuningdek tadbirda Zulfiya Isroilova va Xamid Olimjon ijodlariga bag’ishlangan videorolik namoyish etildi.
Tadbir barcha xodim va o’quvchilarga olam-olam zavq bag’ishladi.

Ulashing: