Texnikumda intellektual «Zakovat» o’yinlari davom etmoqda.

🏆 Farg’ona viloyati yuridik texnikumida 1-bosqich o’quvchilari o’rtasida «Zakovat» intellektual o’yinlarining saralash bosqichi o’tkazildi.
✅ Birinchi bosqich 3-20 guruhining «Ideal», 5-20 guruhining «Xushnudbek izdoshlari» va 7-20 guruhining «Istiqlol» jamoalari bilimdonlari ishtirokida o’tkazilgan ushbu tadbir ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
✅ Nafaqat yuridik sohada, balki mantiqiy va turli sohalardagi savollarga javob topish uchun izlanishda bo’lishga undaydigan bunday o’yinlar bo’lajak huquqshunoslarni o’z ustida ko’proq ishlashiga asos bo’ladi.
📚 «Zakovat» o’yinlari davom etadi!..

Ulashing: