«Vatan taqdiri- Mening taqdirimda» mavzusida seminar-trening o’tkazildi

📌📌 Joriy yilning 4 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi katta majlislar zalida “Vatan taqdiri- mening taqdirimda” mavzusida viloyat seminar-trening oʻtkazildi.
📌 Seminar treningda Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi “Huquqiy targʻibot” boʻlim boshligʻi B.Toxirjonov Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi mutaxassisi Sh.Sodiqov, Fargʻona shahar IIB katta inspektori, mayor D.Rustamov, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori M.Qurbonova, FarDU Sanʼatshunoslik fakulteti katta oʻqituvchisi, proffessor A.Ergashev, Fargʻona yuridik texnikumi oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari talabalari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.
📌 Mazkur seminar treningni oʻtkazish boʻyicha Konsepsiyada belgilangan dastur asosan Konstitutsiyada yoshlar huquqlari va ularning kafolatlari, berilayotgan imtiyozlar, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, mehnat qonunchiligi, shaxsiy biznesni tashkil etishning asoslari, qonuniy megratsiyani amalga oshirish tartiblari, prezident saylovi- siyosiy jarayon mavzularida boʻlib oʻtdi.

Ulashing: