📌📌📌 Fargʻona viloyati yuridik yuridik texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.07.2018-yildagi 573-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 10.05.2021-yildagi 145-um sonli buyrugʻi bilan tuzilgan Maxsus komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
✅ Maxsus komissiya tomonidan texnikum bitiruvchilarining yoʻllanma berishni soʻrab yozilgan arizalari Nizomning 15-bandiga asosan belgilangan minimal talablar asosida koʻrib chiqildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.