Bitiruvchilariga “Oʻrta maxsus professional taʼlim diplomi” tantanali ravishda topshirildi

⚖️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi PF-5812-son «professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» gi farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi 734-son “Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida” qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Respublikada ilk marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilariga professional taʼlim diplomlari topshirilmoqda. Bugun Fargʻona viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilariga “Oʻrta maxsus professional taʼlim diplomi” tantanali ravishda topshirildi.
✅ Oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda bir qancha huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan vakillar ishtirok etishdi. Jumladan Oʻzbekiston Respublikasi notarial palatasi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi U.Sapayev, Fuqarolik ishlari ishlari Fargʻona tumanlararo sudi raisi U.Oripov, Fargʻona shahar prokurori D.Qobulov, jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudi sudyasi A.Minojiddinovlar soʻz olib, yosh yuristlarga kelajakda oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlishlarida omad tiladilar hamda bitiruvchilarga mutaxassislik diplomlarini topshirdilar.
🎼 Yangragan kuy, qoʻshiq va raqslar tadbirga yanada joʻshqinlik ulaoʻdi va tadbir qatnashchilarida chuqur taassurot qoldirdi.

Ulashing: