⚖️ Joriy yilning 21 sentabr kuni texnikum maxsus fan o’qituvchisi B.Movlonov rahbarligida Jinoyat ishlari bo’yicha Fargʻona shahar sudi sudyasi J.Xoʻjamberdiyev bilan hamkorlikda texnikumda 7-20 guruh oʻquvchilariga Jinoyat huquqi fanidan “Jinoyat tarkibi tushunchasi, tuzilishi va belgilari ” mavzusida binar mashgʻulot shaklida maxorat darsi oʻtkazildi.
✅ Dars jarayonida o’quvchilarga jinoyat tarkibi, tushunchasi va uning jinoiy- huquqiy ahamiyati, elementlari, jinoyat tarkibining zaruriy belgilari, jinoyat tarkibing turlari (oddiy, murakkab, ogʻirlashtiruvchi, yengillashtiruvchi, moddiy, formal, kesik) ning mazmun-mohiyati atroflicha ochib berildi.
✅ Shuningdek sudya J.Hoʻjamberdiyev oʻquvchilarning saylov huquqi bilan bogʻliq boshqa savollariga ham toʻlaqonli javob berib oʻtdi.