«Notiqlik sanʼati» boʻyicha tanlov oʻtkazildi.

🔰»Bilginki, odamzodning sharafi nutqi bilan va nutq odobiga rioya qilmagan odam bu sharafdan bebahradir. Soʻz hamma vaqt savob uchun ishlatilishi, toʻgʻri va haqqoniy boʻlishi kerak Agar shunday boʻlmasa jim turgan maʼqul». Husayn Voiz Koshfiy.

⚖️ «21-oktabr oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishining 32 yilligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan 2021-yil, 15-sentabrda tasdiqlangan «Oʻzbek tili bayrami» kuni munosabati bilan targʻibot tadbirlarini tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining 10-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 21-sentabr kuni texnikum oʻquvchilari oʻrtasida «Notiqlik sanʼati» boʻyicha tanlov oʻtkazildi.

✅ Tanlov uchta shart boʻyicha oʻtkazilib, tanlov qatnashchilari maxsus tuzilgan xayʼat aʼzolari tomonidan shaffoflik va oshkoralik prinsiplariga asoslangan holda baholandilar.

🏆 Tanlov natijalariga koʻra 7-20 guruh oʻquvchisi Sobirov Rustam Iqboljon oʻgʻli – 1-oʻrin; 2-20 guruh oʻquvchisi Qaxxorova Sarinoz Rasuljon qizi va Yusufjonova Kamolaxon Yahyojon qizi- 2-oʻrin, shuningdek 1-20 guruh oʻquvchisi Xasanova Dilafruz Yaxyo qizi va Turunboyeva Sevaraxonlar 3-oʻrinni egalladilar.

Ulashing: