⚖️ Joriy yil 22-sentabr kuni texnikumning oʻquv metodik boʻlimi boshligʻi Gʻ.Oʻrmonov hamda Farg’ona viloyat sudi Fuqarolik ishlari bo’yicha sudyasi U.Xo’jaqulovlar tomonidan «Sud huquqiy faoliyat» yo’nalishi, 5-20 guruh oʻquvchilarining nazariy bilimlarini huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash maqsadida “Fuqarolik ishlarining taaluqliligi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
📌 U.Xo’jaqulov tomonidan oʻquvchilarga fuqarolik huquqi fani boʻyicha mavzuga oid malaka va koʻnikmalar berildi.
📌 Mahorat darsida oʻquvchilar faol qatnashdilar hamda oʻzlari qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.