⚖️ Joriy yilning 25 sentyabr kuni texnikumda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Fargʻona viloyati Kengashi tomonidan Prezidentlik saylovida birinchi marotaba ishtirok etayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
✅ Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzod Alisher Qodirovning saylovoldi dasturi boʻyicha viloyat Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari T.Normatov, rais oʻrinbosari A.Xusainov va bosh mutaxassisi M.Shokirova va “Yoshlar parlamenti aʼzosi” F.Xalilovlar ishtirok etdilar.
✅ Uchrashuv davomida saylov jarayonlarida siyosiy partiyalarning maqsad va vazifalari, saylov qonunchioigiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida fikr muloxazalar yuritildi.
📌 Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Ulashing: