«Street Law» loyihasi doirasida targʻibot guruhi Toshkent Davlat Axborot texnilogiyalari Universiteti Farg’ona filialiga tashrif buyurdilar

⚖️ Fargʻona viloyati yuridik texnikumi direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga bagʻishlangan «Saylov -2021, Mening ilk ovozim» shiori ostida oʻtkaziladigan targʻibot tadbirlari rejasining 6-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida maxsus fan oʻqituvchisi F.Mirjavharova rahbarligidagi «Street Law» loyihasi doirasida targʻibot guruhi Toshkent Davlat Axborot texnilogiyalari Universiteti Farg’ona filialiga tashrif buyurdilar.
✅ Tashrif davomida targʻibot guruhi Universitet talabalariga saylov jarayonlarida siyosiy partiyalarning maqsad va vazifalari, saylov qonunchiLigiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida tushunchalar berdilar.
✅ Maxsus saylov qonunchiligiga oid maxsus tayyorlangan flayerlarni tarqatdilar va saylovda ilk bor ovoz beradigan yoshlar bilan fikr almashdilar.

Ulashing: