⚖️ Joriy yilning 8 oktabr kuni maxsus fan oʻqituvchisi B.Mavlonov Fargʻona shahar “Far- Advokat- Servis” advokatlik firmasi advokati D.Maxpiraliyeva bilan hamkorlikda jinoyat huquqi fanidan “Jinoyat subʼekti. Jinoyatning subʼektiv tomoni” mavusida binar dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

📚 Mashgʻulot davomida Jinoyat subʼekti tushinchasi, Umumiy javobgarlik yoshi, Tibbiy mezon, yuridik mezon, ayb shakli, qasd va extiyotsizlik, xato tushinchasi va turlari, Yuridik va faktik xatolar va shu kabi boshqa masalalar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.
📚 Advokat D.Maxpiraliyeva jinoyat subʼekti bilan bogʻliq masalalarning amaliy tomonlariga toʻxtalib, jinoyat ishi boʻyicha advokat qatnashishi shart boʻlgan xolatlarga, ijtimoiy xavfli qilmishning surishtiruv , dastlabki tergov olib borish jarayonida kvalifikatsiya xolatlariga, jinoyat ishi materiallari bilan tanishishda advokatning mijoz bilan uchrashish muddatini cheklanmaganligiga, jinoyat, fuqarolik, maʼmuriy va boshqa shu kabi ish materiallarini surishtiruv, dastlabki tergov va sudda advokatning qatnashishi bilan bogʻliq xolatlarning hususiyatlarini tushintirib oʻtdi. Mashgʻulot yakunida D.Maxpiraliyeva oʻquvchilarning qiziqtirgan savollariga ham javob berdi.

Ulashing: