⚖️ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil, 10-iyundagi 359-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida taʼlimning kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan texnikumda TATU Farg’ona filiali bilan hamkorlikda kredit-modul tizimi bo’yicha seminar trening oʻtkazildi.
📌 Ushbu seminar treningda Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti Fargʻona filiali tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Tolipov Nodirjon Isaqovich ishtirok etib, texnikum pedogog -xodimlariga kredit-modul tizimini oʻquv jarayoniga tadbiq etish, bu borada Oliy taʼlim muassasalarida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, mazkur tizimni joriy etishda pedogog-xodimlar hamda o’quvchilar oldida turgan vazifalar haqida tushunchalar berdi.