Tanlov asosida ishga taklif qilamiz.
✔️ Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik — faoliyatimizning eng ustuvor yoʻnalishi.
👉 Ayni damda Fargʻona viloyati yuridik texnikumiga mavjud boʻsh ish oʻrinlariga xodimlar va professor-oʻqituvchilarni ishga qabul qilish boʻyicha arizalar qabul qilinmoqda.
🔹Vakant lavozimlar:
👉 Yuridik klinika rahbari, 1 nafar (oliy ma’lumotli yurist)
👉 Huquqiy axborot texnologiyalari fani bo’yicha o’qituvchi, 1 nafar (rus va oʻzbek guruhlarda dars oʻtadigan, kamida 3 yil pedagogik ish stajiga ega bo’lgan);
👉 Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan yuristlar uchun ingliz tili fani oʻqituvchisi, 2 nafar (rus va oʻzbek guruhlarga dars oʻtadigan);
👉 Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan maxsus fan oʻqituvchisi,
2 nafar (rus guruhlarga dars oʻtadigan).
👨💻 Nomzodlar: tanlov uchun ariza, shaxsiy maʼlumotnoma (obʼektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasini vacancy.adliya.uz saytiga kirib roʻyhatdan oʻtib, hujjatlarni taqdim etishlari lozim.
☝️ Texnikumidagi boʻsh ish oʻrinlarga ariza va tegishli hujjatlar 2021 yil 15 oktabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.
📲 Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari yuz berganda bu haqda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga, @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.
🔰 Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni oʻrganish;
3. Test sinovlarini oʻtkazish;
4. Suhbat.