⚖️ Fargʻona viloyati sudining raisi Kamolov Shuhrat Maratovich joriy yilning 13-oktabr kuni texnikum oʻquvchilari bilan Sud- huquq tizimidagi islohotlar mavzusida davra suhbati oʻtkazdi.
✅ Sh.Kamolov suhbat davomida sud- huquq tizimidagi oʻzgarishlar, islohotlar, sud instansiyalarining hozirgi vaqtdagi faoliyatlariga batafsil toʻxtalib, bugungi kunda mamlakatimizdagi siyosiy jarayon- 24-oktabr kunida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi haqida mazmunli tushunchalarni bayon qilib, texnikum oʻquvchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib oʻtdi.
✅ Bundan tashqari sud- tizimida uzoq yillar mehnat qilgan ustoz U.Minboyevning “Adolat insonparvarlikning oliy nuqtasi” kitobini texnikum oʻquvchilariga taqdim etdi.

Ulashing: