Joriy yilning 12-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020- yil, 30-oktabrdagi 677-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash hamda 2021-2022 oʻquv yilidagi rejalar, oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari, davomat, ichki-tartib va odob-axloq qoidalari boʻyicha birinchi bosqich oʻquvchilari va ularning ota-onalari uchun yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yig’ilishdan so’ng ota-onalar texnikumda farzandlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Axborot resurs markazining faoliyati, undagi o’quv darsliklarining mavjudligi, Sud amaliyot xonasi, O’quvchilar turar joyi, Innavatsion xonalar, sport zallariga tashrif buyurishib o’z fikr mulohazalarini bildirdilar.