⚖️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 11-12 noyabr kunlari texnikumning yoshlar bilan ishlash boʻlimi uslubchisi M.Madaminov boshchiligida oʻquvchi- yoshlar Toshkent Davlat yuridik Universitetiga sayoxat tashkil etildi.
♻️ Sayoxat davomida oʻquvchi- yoshlarni Toshkent Davlat yuridik universiteti “Uzliksiz taʼlim” boshqarmasi mutaxassisi D.Avezov kutib oldi hamda universitet faoliyati haqida tushunchalar, oʻquv-metodik jarayonlar va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar xaqida maʼlumotlar berib oʻtdi.
♻️ Shuningdek, oʻquv- yoshlar Universitetning axborot resurs-markaziga tashrif buyurdilar. Axborot resurs markazining oʻquv zali, kitoblar fondi va markazda tashkil etilgan muzey bilan yaqindan tanishdilar.
♻️ Oʻquvchi-yoshlarni qiziqtirgan barcha savollariga axborot resurs-markazi mutaxassislari hamda D.Avezov tomonidan toʻlaqonli javoblar oldilar.
♻️ Sayoxat soʻngida oʻquvchi- yoshlar Toshkent shahrining koʻngil ochar maskanlarida boʻlib, maroqli dam oldilar. Sayoxatlar davom etadi.