Davlat ramzlari har bir mamlakatning suverinetiteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollaridir. Oʻzbekistonning Davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g’urur, faxr va iftixor bag’ishlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kunining
30 yilligi munosabati bilan joriy yilning 18-noyabr kuni texnikum binosining kirish qismi bayramona bezatilib, barcha rahbar xodimlar va o‘quvchilarga “Bayrog‘im g‘ururim” shiori tushirilgan maxsus tayyorlangan ko‘krak nishonlari taqdim etildi;

“Bayrog‘im-g‘ururim!” shiori ostida xeshteg tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ining 30 yilligiga bag‘ishlangan tilaklar va she’rlardan iborat videorolik tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. II-bosqich “Sud huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 5-20-guruhi o‘quvchilari tomonidan “Bayrog‘im-g‘ururim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.

Bunday tadbirlar o’quvchilarda milliy g’ururi, faxr iftixor tuyg’ularini yuksaltirishda kata ahamiyatga ega.

 

Ulashing: