⚖️ Joriy yilning 19-noyabr kuni “Xususiy- huquqiy fanlar» kafedrasi oʻqituvchisi O.Egamova «Ma’muriy huquq» modulidan “Ta’ lim sohasini tartibga solib turuvchi davlat organlari” mavzusida 2-bosqich “Sud-huquqiy faoliyat» yoʻnalishi 7-20 guruh oʻquvchilariga ochiq dars mashgʻulotini oʻtkazdi.

♻️ Ochiq dars mashg’uloti slaydlar, audio va video materiallar hamda interfaol metodlar (aqliy xujum, baxs-munozara, blits-soʻrov, debat va boshqa usullar)dan unumli foydalangan holda olib borildi.

♻️ Dars jarayonida ta’lim sohasini tartibga soluvchi organlar , ularning vazifalari va funksiyalari , ta’ lim sohasini tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati ochib berildi.

♻️ Guruh oʻquvchilari kichik guruhlarga boʻlinib, kazuslar va test yechish orqali mavzuni yanada mustahkamladilar

Ulashing: