O’quvchi- yoshlar Marg’ilon shahrining ko’rki bo’lgan Pir-Siddiq (Kaptarxona) majmuasiga tashrif buyurdilar.

Texnikumning pedagoglari Sh.Kamolova, M.Abdullayeva, U.Raxmatova, M.Dehqonovalar boshchiligida taxsil olayotgan o’quvchi- qizlarni qalbida ona Vatanga hurmat ruhida tarbiyalash va viloyatimizning diqqatga sazovor, o’z tarixiga ega maskanlar bilan tanishtirish maqsadida Marg’ilon shahrining ko’rki bo’lgan Pir-Siddiq (Kaptarxona) majmuasiga tashrif buyurdilar.

Ziyoratgoh XVIII asrda qad rostlagan bo’lib, maqbaraning diqqatga sazovorligi shundaki u yerda minglab kabutarlar oshiyon topgan. Ziyoratgoh ichki hovlisida joylashgan minora 1920-yilda qurilgan.

“Pir-Siddiq” maqbarasi hozirda “Masjid”, “Darvozaxona”, “Kaptarxona” va “Minorani” o’z ichiga olib, hozirda yaxlit bir me’moriy majmua paydo bo’lgan.

Sobiq mustabid tuzumning diniy-me’moriy yodgorliklarga nisbatan nigilistcha siyosati Pir Siddiq majmuasini ham chetlab o‘tmadi. Majmuaning darvozaxonasi orqasidagi ikki qavatli bino buzib tashlandi, natijada darvozaxona peshtoqi ham zararlanib, yarim vayrona holatiga tushib qoldi. Majmuaning saqlanib qolgan binolari esa omborxona sifatida foydalanildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida esa bu binolarga Rossiyadan evakuatsiya qilingan aholi joylashtirilgan.

Majmuada oxirgi qurilish ishlari 1956 yilda bajarilgan. 1990 yillarga kelib majmuada dastlabki ta’mirlash ishlari boshlangan. Hozirgi kunda Pir Siddiq majmuasi davlat muhofazasiga olingan.

Ulashing: