Ranglar jilosida baxt va osoyishtalik ulashib xilpirayotgan milliy bayrogʻimizga koʻzimiz tushganda, uni faxr bilan koʻkka koʻtarganimizda butun vujudimiz hayajonga faxru iftixorga toʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligiga 30 yil toʻlishi munosabati bilan “Fargʻona” dala- oʻquv maydonida harbiy qism xavo desantchilari tomonidan 2 ming 500 metr balandlikdan Oʻzbekiston 1100 metr kvadrat hajmdagi shakli bilan ektrimal sharoitida parashyutdan amaliy sakrash oʻquv mashgʻuloti amalga oshirildi.
Bunday tadbirlar aholi, ayniqsa, yoshlar qalbida ona Vatanga, davlat ramzlariga boʻlgan hurmatni oshirish, ularni yagona masqad yoʻlida birlashtirishda xizmat qilmoqda.