Bitiruvchilar bilan ochiq muloqot o’tkazildi.
Yuridik texnikum direktori va bitiruvchilar oʻrtasida texnikum ichki tartib qoidalari, o’quvchilarga yaratilayotgan sharoitlar va ularni oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishlari yuzasidan ochiq muloqot o’tkazildi.
Oʻtkazilgan ochiq muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 22-noyabr kuni tasdiqlangan «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 705-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida fikr yuritildi.
Texnikum direktori mazkur qarorning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan «OʻzR Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini «yurisprudensiya» mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni amalga oshiruvchi oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomi» boʻyicha texnikum bitiruvchilariga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.
Muloqot soʻngida bitiruvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda texnikum faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan oʻzlarining takliflarini bildirdilar.