“Oʻquvchilar turar joyi”da yashovchi oʻquvchi- yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida seminar trening o’tkazildi.

“Oʻquvchilar turar joyi”da yashovchi oʻquvchi- yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida seminar trening o’tkazildi.

Joriy yilning 24- noyabr kuni yuristlar uchun ingliz tili fani o’qituvchisi M.Rahmatova boshchiligida “Liderlar” akademiyasi tinglovchisi B.Rustamxo’jayev hamkorligida “Time menegment va hayotdagi missiyangiz nima?” mavzusida “Oʻquvchilar turar joyi”da yashovchi oʻquvchi- yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida seminar trening o’tkazildi.

B.Rustamxo’jayev so’zga chiqib, har bir insonda, boshqa bir insonlarda uchramaydiga hislat bor. Siz boshqalar bajara olmaydigan ishlarni qila olasiz. Aksariyat yetuk insonlarning hayoti va karyerasi shuni ko‘rsatmoqdaki, muvaffaqiyatning asosiy kaliti- bu vaqtni to‘g‘ri taqsimlash. Nima uchun ba’zi odamlar jahonga mashhur ishbilarmon va dunyoni o‘zgartirishga qodir yetakchiga aylanadi-yu, boshqalar esa shuncha mehnat qilishiga qaramay, bir nuqtadan siljiy olmaydi? Buning sababi ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Aksariyat yetuk insonlarning hayoti va karyerasi shuni ko‘rsatmoqdaki, muvaffaqiyatning asosiy kaliti — bu vaqtni to‘g‘ri taqsimlashdir fikrlarini bildirib o’tdi.

B.Rustamxo’jayev so’zini davom ettirib, quyidami maslahatlarni berib o’trdi. Hozirgi kunda vaqt eng bebaho narsadir. Hech kim bir kunda 25-soatni yarata olmaydi, shunday ekan vaqtni to’g’ri taqsimlash orqali eng samarali unumdorlikga ega bo’lish mumkin.

Harakatlaringiz rejalashtiring

Bu juda oddiy. Ertangi kuningiz uchun bajarish kerak bo’lgan ishlarni daftarga yozib chiqing. Ushbu ishlarni 4 guruhga bo’ling. Bu guruhlar quyidagicha:

1.    Shoshilinch va muhim

2.    Muhim, ammo shoshilinch emas

3.    Shoshilinch, ammo juda muhim emas

4.    Ahamiyatsiz va shoshilinch bo’lmagan

O’quvchi- yoshlar tomonidan berilgan savollariga to’laqonli javob oldilar.

Seminar trening munozaralarga boy o’tdi.


Ulashing: