“Biz xotin-qizlar zoʻravonlikka qarshimiz” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.
Maʼlumki, BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilning 20 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25 noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni, deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan texnikumda “Biz xotin-qizlar zoʻravonlikka qarshimiz” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni texnikum direktori M.Toshmatova ochib, bugungi kunda xotin-qizlar himoyasini oʻzida aks ettiruvchi bir qator meʼyoriy hujjatlar mazmun-mohiyatiga toʻxtalib oʻtdi.
Jumladan, eng avvalo, barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida: “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” – deya eʼtirof etilishi, oʻz navbatida mamlakatimizda ayollar jamiyatning faol aʼzosi sifatida barcha sohalarda keng qamrovli ishtirok etishi uchun huquqiy kafolatdir.
Qolaversa, soʻnggi yillarda mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini yanada oshirish, huquq va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya qilinishini taʼminlash, onalik va bolalikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirish borasida bir qator meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi.
M.Toshmatova soʻzi davomida oʻtgan davri mobaynida xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda xotin-qizlarimizni xaq-xuquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili, shuningdek, gender tenglik, ayollar va erkaklar oʻrtasida teng xuquqlar va imkoniyatlar, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, gender zoʻravonlikni oldini olish toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berib oʻtdi.
Qolaversa, “Biz xotin-qizlar zoʻravonlikka qarshimiz” shiori ostida tayyorlangan flayerlar oʻquvchi-yoshlarga tarqatildi.Shundan soʻng oʻquvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan raqslar tadbir ishtirokchilariga ijro etildi.
Tadbir soʻngida texnikumning guruxlari oʻrtasida “Biz xotin-qizlar zoʻravonlikka qarshimiz” shiori ostida rasm chizish musobaqasi oʻtkazildi.
Muqaddas sanalgan oilada ayolga nisbatan qilingan zoʻravonlikni bu yurtimiz kelajagi uchun qilingan tajovuz sifatida baholanishi lozim.
Shunday ekan, xotin-qizlarga nisbatan munosabatni yanada yaxshilash, ularga nisbatan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash har birimmiz uchun ham farz ham qarz.