Farg’ona viloyati yuridik texnikumi o’quvchisi – “Konstitutsiya bilimdoni!” ko’rik tanlovi Respublika bosqichining 2-o’rin sohibi.

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tomonidan yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, «Adolat» SDP dasturiy maqsad va vazifalarini targ’ib qilish maqsadida «Konstitutsiya bilimdoni» ko’rik-tanlovi tashkil etilgan edi.

Ko’rik-tanlovning viloyat bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan 2-bosqich o’quvchisi Anvarjonov Abrorjon Akmaljon o’g’li joriy yilning 30-noyabrida bo’lib o’tgan ushbu tanlovning Respublika bosqichida munosib ishtirok etib, 2-o’rinni qo’lga kiritdi!

Ushbu yutuq bilan o’quvchimizni barcha texnikum o’quvchilari va ma’muriyati nomidan muborakbod etgan holda, yutuqlari davomiy va bundanda oliy bo’lishiga ishonch bildiramiz!

Ulashing: