Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan texnikumning ikkinchi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida «Siz konstitutsiyani bilasizmi?» koʻrik tanlovi oʻtkazildi.

Joriy yilning 6-dekabr kuni Fargʻona viloyati MIB huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan markaz chaqiriluvchilari, Fargʻona viloyati yuridik texnikumi oʻquvchilari hamda harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari oʻrtasida «Siz Konstitutsiyani qanday bilasiz» shiori ostida bilimdonlik bellashuvi oʻtkazildi.

Ushbu bellashuvi 3 shartda oʻtkazildi. 1 shartda jamoalarning tanishtiruvi bilan chiqishgan boʻlsa, 2 shartda bosh qomusimiz Konstitutsiya boʻyicha savol-javob va 3-shart esa mavzu yuzasidan sahna koʻrinishlari bilan chiqishdi.

Mazkur bellashuvda MTDP Fargʻona shahar deputati Shaxodatxon Axunova, Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi vakili Xasanjon Soburov, Fargʻona viloyati yuridik texnikumi dekani Azizbek Ergashev va yuridik texnikum oʻqituvchilari ishtirok etdi.
Shuningdek, har bir shartdan soʻng Fargʻona viloyati madaniyat markazi xonandalari tomonidan kuylangan qoʻshiqlar tadbir ishtirokchilariga zavq bagʻishladi.

Bellashuvdan oldin tadbir ishtirokchilariga Adliya boshqarmasi vakili Xasanjon Soburov va yuridik texnikum dekani Azizbek Ergashevlar Konstitutsiyaning yaratilish tarixi va tegishli moddalari boʻyicha maʼruza qildi. Shunday soʻng bellashuvga start berildi.

Mazkur bellashuvda gʻolib boʻlgan jamoalar va ishtirokchilar markaz boshligʻining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Ulashing: