“Konstitutsiya- barqaror taraqqiyotimiz kafolati” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
8-dekabr “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yilligini keng nishonlash, hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik hislarini yanada uygʻotish maqsadida Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Konstitutsiya- barqaror taraqqiyotimiz kafolati” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Madaniy-marifiy tadbirda Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi diretkori X.Zokirov, Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi bo’lim boshligʻi E.Olimov hamda maxsus fan oʻqituvchisi O.Usmonova texnikum oʻquvchi-yoshlari bilan qatnashdilar.
Tadbirga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida texnikumning “Jactice” jamoasi, Fargʻona shahar 4-musiqa va sanʼati maktabi oʻquvchilari va “Yosh muzeyshunos” toʻgarak aʼzolari tomonidan badiiy chiqishlar bilan yakunlandi.