O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 14 marta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 14 marta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan:

  1.  1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan so’zlar “deputatlardan” degan so’z bilan almashtirildi;
  2.  2002 yil 27 yanvarda o’tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko’ra hamda uning asosida 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritilgan;
  3.  2007 yil 11 apreldagi Qonun bilan Konstitutsiyaning 89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;
  4.  2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi birinchi qismiga o’zgartish kiritilgan;
  5.  2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritilgan;
  6.  2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 90-moddasi ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan;
  7.  2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritilgan;
  8.  2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritilgan;
  9.  2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 93, 108, va 109-moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritilgan;
  10.  2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 99 va 102-moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritilgan;
  11.  2018 yil 15 oktyabrda qabul qilingan Qonun bilan 105-moddaning birinchi qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini” degan so’zlar “raisni (oqsoqolni)” degan so’zlar bilan almashtirilgan;
  12.  2019 yil 18 fevralda qabul qilingan Qonun bilan 80 va 93-moddalariga o’zgartirish kiritilib, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati deb yuritila boshlandi;
  13.  2019 yil 5 martda qabul qilingan Qonunga asosan 79, 93 va 98-moddalarga o’zgartirishlar kiritilgan;
  14.  2019 yil 4 sentyabrda qabul qilingan Qonunga asosan saylov to’g’risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 96 va 117-moddalarga o’zgartirishlar kiritildi.

Ulashing: