Davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 4 fevral kuni Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sh.Xolmatov hamda viloyat Maʼmuriy sudi sudyalari U.Axmedov, I.Matmusayev va N.Xodjimatovlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.01.2022 yildagi «Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari huquqlarining samarali himoya etilishini taʼminlash hamda aholining sudlarga boʻlgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-107-son qarori yuzasidan texnikum xodimlari bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar mazkur qarorning mazmun mohiyati bilan tanishtirib, maʼmuriy sudlarning asosiy vazifalari, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishdagi faoliyati boʻyicha fikr yuritdilar.
Shuningdek, qarorda sudlar tomonidan daʼvo arizasi, ariza hamda shikoyatni sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli qabul qilishni rad etish yoki ish boʻyicha ish yuritishni tugatish taqiqlanishi, bunda daʼvo arizasi, ariza, shikoyat yoki ishni ularni koʻrib chiqishga vakolatli sudga oʻtkazilishi haqida ham alohida toʻxtab oʻtildi.