⚖️ Joriy yilning 7-fevral kunidan 2021/2022 oʻquv yilining 2-bosqich o’quvchilari uchun 1-semestrning yakuniy nazoratlar haftaligi boshlandi.

♻️ Yakuniy nazoratlar haftaligi tasdiqlangan jadval asosida tashkil etilib, sinovlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida har bir guruhga nazoratchi pedagog-xodimlar biriktirildi.

♻️ Kafedralar tomonidan tayyorlangan yakuniy nazorat savolnomalari oʻquv- metodik boʻlimda koʻrib chiqildi va tasdiqlangan holatda oʻquvchilarga taqdim etilmoqda.

♻️ Yakuniy nazoratlar haftaligi joriy yilning 12-fevralga qadar davom etadi.

Ulashing: